Magniyorganik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magniyorganik birikmalar — uglerod — magniy bogʻi boʻlgan birikmalar. Umumiy formulasi R2Mg yoki RMgX (X — galogen). Magniyorganik birikmalar ni simobdi-alkillarning magniy bilan oʻrin almashinish reaksiyasi yordamida olish mumkin: (CH3)2Hg+Mg-"(CH3)2Mg+Hg Xuddi shu usul bilan dimetil-, dietil-va difenilmagniylar olingan. Ular efirlarda erib, efiratlar hosil qiladi. Bu birikmalar kislorod, karbonat angidrid, suv bilan faol reaksiyaga kirishadi. Havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Shuning uchun magniydialkillar amalda deyarli ishlatilmaydi. P. Barbye va V. Grinyanlar tomonidan amalda ilk bor qoʻllangan aralash Magniyorganik birikmalar (RMgX) organik kimyoning taraqqiyotida muxim rol oʻynaydi. Magniyorganik birikmalar sanoatda baʼzi metall organik birikmalarni, xushboʻy va dori moddalarini sintez kilishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil