Magniyli qotishmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magniyli qotishmalar - asosini magniy tashkil qiladigan qotishmalar. Magniyli qotishmalarda 12% gacha A1, Zn, Mn, Zr, Th, Sa, Se va boshqa elementlar boʻladi. Sof holdagi magniyli buyumlar ishlab chiqarishda material sifatida ishlatib boʻlmaydi, chunki ularning fizik-mexanik mustahkamligi past. Eng mustaxkam va olovbardosh Magniyli qotishmalar magniy-metall tizimlari asosida ishlab chiqilgan. Qotishmaning asosini qattiq eritmalar tashkil etadi.

Dastlabki Magniyli qotishmalar 20-asr boshlarida paydo boʻlgan ("Elektron" nomi bilan atalardi). 20—30-yillarga kelib sanoatda ularning ahamiyati oshdi. 40-yillargacha, asosan, Mg—Al—Zn va Mg—Mn tizimi asosidagi, 50-yillardan boshlab esa Mg—Zn—Zr Mg — noyob metall — Zr (yoki Mn), Mg—Th tizimidagi qotishmalar, shuningdek, Mg—Li tizimidagi juda yengil qotishmalar ishlatila boshladi. Oxirgi yillarda Magniyli qotishmalar mustaqkamligini, ayniqsa, yuqori temperaturada oshirish uchun oz miqdordagi Th, Nd, La, Y va boshqa elementlar bilan legirlanadi.

Magniyli qotishmalar quyma va deformatsiyalanadigan guruhlarga boʻlinadi. Quyma Magniyli qotishmalar shakldor quymalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Mg—Al—Zn, Mg—Zn—Zr, Mg— Nd—Zr tizimidagi Magniyli qotishmalar koʻp qoʻllanadi. Deformatsiyalanadigan Magniyli qotishmalar presslash, prokatlash, bolgʻalash va shtamplash yoʻli bilan yarim fabrikatlar i.ch. uchun ishlatiladi. Magniyli qotishmalarning xona haroratida plastikligi nisbatan oz boʻlganligi uchun ularga bosim ostida 250° haroratda ishlov beriladi. Magniyli qotishmalar suyultirilganda juda kuchli oksidlanish va yonish xususiyatiga ega. Oksidlanish va yonishdan himoyalash uchun su-yuqlanma saqlanayotgan idish flyus (mas, 75% suyuqlangan karnallit, 17,5% SaGʻ2 va 7,5% MgO) bilan yopiladi.

Magniyli qotishmalarning termik kengayish koeffitsiyenta alyuminiy qotishmalarnikidan oʻrtacha 10—15% katta.

Past temperaturada Magniyli qotishmalarning elastiklik moduli, oquvchanlik va mustahkam chegarasi ortadi, nisbiy uzayishi va zarbiy krvushokligi kamayadi, plastikligi esa keskin kamayadi. Magniyli qotishmalarning kamchiligi ular chuchuk va dengiz suvi korroziyasiga chidamsizligidir. Magniyli qotishmalar organik va mineral kislotalarda (xromat va ftorid kislotalar bundan mustasno) hamda tuzlarda korroziyalanadi (yemiriladi). Xlor ionlari Magniyli qotishmalar korroziyasini suvda kuchaytiradi. Sutoltirilgan ishkrrlarda kucheiz korroziyalanadi. Magniyli qotishmalarning asosiy afzalligi — ular zichligining pastligi. Magniyli qotishmalar yaxshi bolgʻalanadi, ularni kesish, shliflash va silliklash jarayonlari yengil oʻtadi.

Magniyli qotishmalar avtomobil, traktor sanoatida (dvigatellarning kraterlari, uzatmalar qutisi, gʻildirak barabani va boshqa tayyorlashda), elektrotexnika, radiotexnika, optikada, toʻqimachilik sano-atida, aviatsiya, raketa texnikasida va boshqa koʻp tarmoqlarda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil