Magnitostriksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnitostriksiya (magnit va lot. strictio — qisilish, taranglashish) — kristall jismning magnitlanganda oʻlcham va shakllari oʻzgarishi; kristall panjaraning magnit maydonida energetik holatining, shuningdek, panjaradagi tugunlari orasidagi masofaning oʻzgarishiga olib keladi. Ferro-va ferrimagnetiklarda zarralarning magnitli oʻzaro taʼsiri juda yuqori boʻlgani uchun M. eng katta qiymatga erishadi. M. hodisasiga teskari hodisa Villari effekti hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil