Magnitooptika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnitooptika, magnetooptika — magnit maydoni taʼsirida muhitning optik xossalari oʻzgarishini oʻrganadigan fizika boʻlimi. Magnit maydonidan yorugʻlik oʻtkazilganida qutblanish tekisligining aylanishi (Faradey effekti), spektr chiziqlarning qoʻshimcha chiziqlarga ajralishi (Zeyeman effekti) kabi hodisalar roʻy beradi. M.da magnit maydoniga tik va shu maydon yoʻnalishidagi yorugʻlik jismga tushganida har xil yutilishi, magnit maydoni taʼsirida muhitning optik anizotropiyayen kuzatiladi. Muhit sirtidan yorugʻlik qaytganida optik anizotropiya ham roʻy beradi.

M. 20-asr 60 — 70-yillarida jadal rivojlandi: yarimoʻtkazgichlar, ferrit va antiferromagnetik singari kristallarning xossalari yaxshi oʻrganildi. Bunday materiallardan yorugʻlik qaytganida yoki yutilganida (kuchli magnit maydonida) yangi spektral seriyalar — Landau spektrlari paydo boʻlar ekan. Bu spektrlarning ajralishi elektronning xususiy spini bilan bogʻliq. M.da Zeyeman effekti ham oʻrganiladi. Shaffof ferrit va antiferromagnetiklar, diamagnetik va paramagnetiklarga Karaganda asosiy rolni bu muhitlarning ichki magnit maydonlari oʻynaydi (bunday maydonlarning kuchlanganligi 105 — 106 E gacha yetadi), bunday materiallar juda tez (kuchli) magnitlanish xususiyatiga ega boʻladi (Kerr effekti). Shu sababli, shaffof ferrit va antiferromagnetiklar lazer nurlarini boshqarishda, elektron-hisoblash mashinalarida va boshqalarda ishlatiladi. M. usullari jismlarning kvant holatlarini, fizikkimyoviy tuzilishini tekshirish, taxlil qilish va boshqa sohalarda juda koʻp ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil