Magnitograf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnitograf (magnit va ... graf) — 1) Yer magnit maydonining vaqt boʻyicha oʻzgarishlari (magnit variatsiyalari)ni uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Magnit variometr va kayd qilgichdan iborat. Magnit variometrlarning optik-mexanik, magnitga toʻyingan, induksion, kvant, oʻta oʻtkazuvchan xillari boʻladi. Qayd qilgichlar sifatida chastota oʻlchagichlar, raqamli voltmetrlar, peroli elektr potensionmetrlar, magnitofonlar, perforatorlar va boshqalardan foydalaniladi. Eng oddiy M. fotoqayd qilgich, yoritkich va uchta optik-mexanik variometrdan iborat. Har qaysi variometrda koʻzgu boʻlib, undan qaytgan yorugʻlik nuri sekin aylanib turgan baraban sirtidagi lenta (fotoqogʻoz yoki fotoplyonka) ga tushadi. Lenta galvanografga tutashtirilgan; u fototok oʻzgarishini lentaga qayd qilib boradi. Bunday M. magnit maydoni oʻzgarishlarini -10 5 e aniklikda qayd qiladi. Olingan magnitogrammala magnit variatsiyalari vaqti, amplitudasi va davri xaqidagi maʼlumotlar boʻladi. M. koʻrsatishlari kopmyuterlarda kodlanadi va qayta ishlanadi; 2) Quyosh magnitografi — Quyoshdagi magnit maydonni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Asosiy qismlari: elektr-optik yorugʻlik modulyatori, spektrograf, fotokoʻpaytirgichlar, qayd qilgich qurilma. Ishi Zeyeman effektiga asoslangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Yanovskiy B.M., Zemnoy magnetizm, 1-j., 5-nashri, Sankt-Peterburg , 1997.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil