Magnitmas materiallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnitmas materiallar, nomagnit materiallar — magnit xossalari past (magnit kirituvchanligi s<1,5) boʻlgan diamagnit va paramagnit materiallar. Bronza, latun (jez) va boshqa rangdor qotishmalar, magnitlanmaydigan poʻlat va choʻyan, baʼzi polimerlar Magnitmas materiallar hisoblanadi. Austenit tuzilishli poʻlat va austenit bilan grafit tuzilishli choʻyan amalda koʻp ishlatiladi. Austenit tuzilish hosil qilish uchun ular Ni (nikel) va Mp (marganets) bilan legirlanadi (k,. Legirlash). Magnitmas materiallardan prujinalar, kompas qutilari, suv osti kemasi asboblari, periskop detallari, termobimetallar, tok tarqatish shchitlari va boshqa magnitlanmaydigan narsalar tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil