Magnit syomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnit syomka — foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, geologik haritalashtirishda geomagnit maydon elementlari oʻlchamlarining majmui. Oʻlchashda magnitometrlar va magnit gradiyentometrlardan foydalaniladi. Magnit sʼyomkaning yer yuzasida, yerdan yuqorida, suv ostida, shuningdek, shaxta va burgʻi quduqlarida oʻlchash xillari mavjud. Geomagnit maydonlarining global qonuniyatlarini oʻrganishda qayd qilish punktlarining oraligʻi yuzlarcha km ni, geologik haritalashtirish, tektonik rayonlashtirish, konlarni qidirishda esa bir necha m dan bir necha km gacha boʻladi. Yer yuzasida olib borilgan Magnit sʼyomka 1:10 000 masshtabda va undan yirikroq, mayda masshtabdagi sʼyomka esa havodan turib bajariladi. Sʼyomka toʻri magnit anomaliyasining kutilayotgan oʻlchamlari bilan belgilanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil