Magnit siyoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MAGNIT "SIYOH" - oddiy yozuv qogʻoziga matn va grafik chizmalarni (magnit usulda) qayd qilish hamda oʻqish uchun moʻljallangan magnitli axborot eltuvchilar (magnit lentalar, perfokartalar, perfolentalar va boshqalar)ning bir turi. M. "s". karbonil temir va geptandan suspenziya (eritma) yoki mikroskopik magnit zarralar aralashtirilgan mastika tarzida tayyorlanadi. Bunday "siyoh" bilan tushirilgan yozuvni "oʻqish" oson boʻlishi uchun suspenziya yoki mastikaga rang qoʻshiladi. M. "s". bilan qogʻozga maxsus ruchkada, qoʻlda yoki yozuv mashinasida yozish mumkin. M. "s"., asosan, hujjatlar bilan ishlash (xillarga ajratish, hisobga olish, kodlash va boshqalar) jarayonini mexanizatsiyalashtirish uchun qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil