Magnit milining enkayishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnit milining enkayishi — magnit mili oʻqi bilan gorizontal tekislik orasidagi vertikal burchak. Magnit milining enkayishi e. Yer magnit qutblarining Yer chuqurligida joylashishi bilan bogʻliq. Shim. yarim sharda magnit milining shim. uchi, jan. yarim sharda esa jan. uchi pastga enkayadi. Yer magnit qutblariga yaqinlashgan sari Magnit milining enkayishi e. oshib boradi va qutblarda 90° ga yetadi. Magnit kompasining aniq ishlashi uchun Magnit milining enkayishi e.ning salbiy taʼsirini kamaytirish kerak. Bunga magnit milida joylashgan maxsus yukchani surish bilan erishiladi. Yer sharining sirtida Magnit milining enkayishi e.ning tarqalish koʻrsatkichi maxsus izoklin haritalarda tasvirlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil