Magnit disk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnit disk — ikkala tomoniga magnit xossali qatlam qoplangan bikr alyuminiy yoki egiluvchan plastmassa disk. Diametri — 0,18—1,2 m, qalinligi — 2,5–5 mm. Magnit disk aylantirilganda axborotlar uning sirtiga konsen-trik yoʻlchalar tarzida yoziladi. EHM, axborot-izlash va boshqa maʼlumotlarga ishlov beruvchi avtomatik tizimlarda maʼlumotlarni magnitlovchi eltuvchi boʻlib xizmat qiladi. Bikr Magnit disk paket qilib yoki 4 — 6 tadan nabor qilib tuziladi; 1 paketning sigʻimi bir necha G bayt. Egiluvchan Magnit disk bittadan disketalarga joylashtiriladi; 1 disketa sigʻimi 0,1—1 M bayt.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil