Magnit dielektriklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnit dielektriklar (magnit va dielektriklar) — magnit kirituvchanligi va elektr qarshiligi yuqori boʻlgan, uyurma toklar kam yoʻqoladigan materiallar; magnit materiallarning bir turi. Bir-biridan elektr jihatdan izolyasiya kilingan ferromagnetik zarralardan iborat boʻlib, ular dielektriklar bilan yagona massaga tutashtirilgan. Magnit jihatdan yumshoq Magnit dielektriklar ferromagnit qotishmalar (mas, nikelli temir) ning karbonil temirning kukunlariga, magnit jihatdan yumshoq ferritlarga suyuq shisha, rezina va boshqa moddalar kushib olinadi. Bunday Magnit dielektriklardan induktiv gʻaltak, yuqori chastotali transformatorlarning oʻzaklari tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq Magnit dielektriklar tarkibida nikel-alyuminiy poʻlatlar, bariy yoki stronsiy ferritlari, temir-kobaltli qotishmalarning kukunlariga turli dielektriklar qoʻshib olinadi. Ular kichik magnitlar, magnitli yozib olish uchun lentalar va boshqa ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil