Magnit baraban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnit baraban - sirtiga magnit xossali qatlam qoplangan silindr shaklidagi qurilma. Elektr dvigatel, silindr, oʻq, stanina (asos)dan iborat. Magnit barabanga axborotlar magnitik yozish usulida kiritiladi. Silindr aylanganda axborotlar uning aylanasi boʻylab magnit qatlamga yoʻlchalar tarzida yoziladi. Silindrning diametri 0,1-0,5 m, uz. 0,3—0,7 m boʻladi. Magnit baraban elektron hisoblash mashinalari (EHM)ning xotira qurilmalarida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil