Magnit-elektr asbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnit-elektr asbob, magnitoelektrik oʻlchash asbobi — oʻzgarmas elektr toki va kuchlanishini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchash asbobi. Ishi doimiy magnitning magnit maydonlari bilan gʻaltakda oqayotgan elektr tokining oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. Qoʻzgʻalmas magnit va temir oʻzak orasida aylanadigan gʻaltakli (ramkali) Magnit-elektr asbob a. Keng tarqalgan. Bu asbobda gʻaltak (ramka) ni mil bilan birga aylantiradigan kuch tok kuchiga teng . Qoʻzgʻalmas magnitli va qoʻzgʻaluvchan magnitli Magnit-elektr asbob a.lar ham bor. M.-e. a.lar tashqi magnit maydonlar va temperatura oʻzgarishlarini deyarli sezmaydi, shuning uchun aniq oʻlchaydi. Toʻgʻrilagichlar (oʻzgarmas tokni oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi asboblar) bilan birga M.-e. a.lar oʻzgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi, oʻlchash oʻzgartirgichlari bilan birga esa temperatura, bosim va boshqalarni oʻlchash mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil