Magmatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magmatizm — magmaning suyulishi, uning evolyusiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar harakterining oʻzgarishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik faol koʻrinishlarga boʻlinadi. M.ning qanday chuqurlikda joylashganligi (qotish sharoitlari)ga qarab abissal, gipabissal, subvulkan, yuza joylashgan (vulkanizm) M., tarkibiga qarab oʻta asosli, asosli oʻrtacha, nordon va ishqorli (qarang Magmatik togʻ jinslari) turlari farq qilinadi.

"Yangi global tektonika" konsepsiyasiga muvofiq M., asosan, litosfera plitalarining oʻzaro harakati zonasida, ularning ikki tomonga surilish (riftlar) joyida va issiklik oqimining yuqoriga koʻtarilish zonasida intensiv rivojlanadi. Hozirgi geologik davrda M. Tinch okeanning vulkanik halqasida, okean oʻrtaliq tizmalarida, Afrika va Oʻrta dengiz atrofi rift zonalarida rivojlangan. M. bilan turli-tuman foydali kazilma konlarining paydo boʻlishi bogʻliq.

Ad:. Abdullayev X. M., Magmatizm i orudeneniye Sredney Azii, Sobr.soch. (v 5ti t., t. 5), T.,1965; Hamrabayev I. X., Magmatizm i postmagmaticheskiye protsessi v Zapadnom Oʻzbekistane, T., 1958.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil