Magazin (oʻlchov)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magazin — 1) oʻlchovlar M. i — maʼlum aniqlikdagi maxsus tanlangan va elektr kattaliklarning umumiy oʻlchovlar korpusiga joylashtirilgan komplekt. Qarshiliklar M. i (izolyasiyalangan manganin simli gʻaltak), sigʻimlar M. i (elektr kondensatorlar), induktivlik M. i (induktivlik gʻaltaklari) keng qoʻllaniladi. M.ni oʻlchash sxemasiga kiritib va kerakli kombinatsiyada ulab, sxemada yuqori aniklikdagi elektr kattalik rostlanadi; oʻlchovlar Magazin (oʻlchov) oʻlchash sxemalaridagi qarshilik, sigʻim va induktivlikni oʻzgartirish yoki rostlash uchun lab. va sexlarda ishlatiladi; 2) mashina, mexanizm, avtomat stanoklardagi bir xil elementlar turadigan quti. Mac, fotoapparat M. i; 3) bosmaxona shriftlari turadigan moslama (harflar M. i); 4) avtomat qurollar (pistolet, pulemyot va boshqalar) da patronlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan kuti, disk, baraban yoki moslama.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil