Magadha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magadha — Qad. Hindistondagi tarixiy viloyat va davlat; hozirgi Jan. Biharniyag bir qismida joylashgan. M.ning yuksalishi miloddan avvalgi 7-asrdan boshlangan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda, Bimbisara va Ajatashatru davrida M. qoʻshni davlatlar bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgani tufayli ancha kuchaygan. M. bir qancha eng muhim davlat birlashmalari, xususan, Nandlar (miloddan avvalgi 4-asr), Mauriyalar (miloddan avvalgi 4—2-asrlar) va Guptalar (milodiy 4—6-asrlar) imperiyasining negizini tashkil kilgan. M. qad. Hindistonning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi, shuningdek, ilk buddizm va jaynizm dinlari tarqalgan hudud boʻlgan. 10-asrga kelib "M." atamasi muomaladan chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil