Mads Albæk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mads Albæk
Albæk 1. FC Kaiserslautern safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mads Winther Albæk
Tavallud sanasi 14-yanvar 1990-yil (1990-01-14) (34 yosh)
Tavallud joyi Roskilde, Daniya
Boʻyi 1.82m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SønderjyskE
Raqami 90
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hvalsø
1996—2001 Gadstrup
2001—2004 Herfølge
2004—2008 Midtjylland
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2013 Midtjylland 120 (12)
2013—2015 Reims 39 (2)
2015—2017 IFK Göteborg 48 (9)
2017—2019 1. FC Kaiserslautern 29 (1)
2019— SønderjyskE 76 (4)
Milliy terma jamoa
2006—2007 Daniya U17 10 (0)
2007—2009 Daniya U19 14 (2)
2009—2012 Daniya U21 26 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-aprel uchun)

Mads Albæk (talaffuzi: Mads Albeyik; 1990-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE klubi yarim himoyachisi. Albæk 21 yoshgacha boʻlgan Daniya terma jamoasida oʻynagan.

Yoshlikdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roskilde shahrida tugʻilgan Albæk futbolchilik faoliyatini Zelandiyaning kichik klubi Gadstrup IFda boshlagan. 11 yoshida Herfølge Boldklubda oʻynashni boshladi. Herfølge yoshlar jamoasida oʻynayotgan paytlarida, Albæk Gollandiyaning SC Heerenveen klubida sinovdan oʻtgan. Mads isteʼdodini Daniya Superliga vakili Midtjyllandda koʻrsatdi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FK Midtjylland[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albæk oʻzining birinchi professional shartnomasini 2008-yil yanvar oyida imzoladi va doimiy ravishda asosiy jamoa tarkibida oʻynadi[1]. 2008-yilning yozida Albæk tizzasidagi jarohatlaridan aziyat chekdi va natijada operatsiya qilindi[2]. 2009-yilning fevral oyida Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[3]. Albæk 2010-yilning mart oyida shartnomasini 2014-yilning yozigacha uzaytirdi[4]. Mads yosh boʻlishiga qaramay joriy mavsumda 28 ta oʻyin oʻtkazdi.

Mads Midtjylland tarkibida asosiy futbolchi sifatida oʻynagan[5]. Albæk 2012—2013-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[6]. Shartnoma tugashiga bir yil qolganida, 2013-yilning yozida klubni tark etdi.

Reims[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albækning tanlovlarida bir nechta klublari bor edi, ammo 2013-yilning yozida Fransiyaning Stad de Reims jamoasiga oʻtishga qaror qildi.

Mads klubdagi debyutini 2013-yil 17-avgustda o‘tkazdi[7]. 7-daqiqada gol urdi va jamoasi Lillga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, mavsumning qolgan qismida unchalik yaxshi oʻynay olmadi. Mads liganing 27 oʻyinida atigi ikkita gol urdi.

Albæk 2014-yil oktyabr oyida oshqozon jarohatidan aziyat chekdi, natijada dekabr oyida operatsiya oʻtkazildi va kasallik bir necha oy futbol oʻynashidan toʻsdi[8]. 2015-yilning aprel oyida bu jarohatdan qaytdi.

IFK Göteborg[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning avgust oyida Albæk Shvetsiyaning IFK Göteborg jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. Klubdagi birinchi oʻyinini 5 kundan keyin BK Hackenga qarshi oʻtkazdi.

Shvetsiya matbuotiga koʻra, IFK Göteborg 2017-yil yanvar oyida MLS klubi Toronto FKning Albæk boʻyicha taklifini rad etgan[10]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albæk turli milliy yoshlar jamoalarida oʻynagan va Arla U17 yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SønderjyskE

  • Daniya kubogi : 2019—20

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Stortalent i FC Midtjylland til 2012[sayt ishlamaydi]‚ bold.dk, 18 January 2008
  2. FCM-talent klar til comeback, bold.dk, 26 September 2008
  3. Albæk og Sabanovic debuterer‚ bold.dk, 28 February 2009
  4. Ambitiøse Albæk forlænger med FCM‚ bold.dk, 27 March 2010
  5. Albæk vil gerne sælges‚ bold.dk, 23 January 2013
  6. Klubtopscorer årets spiller i FCM, bold.dk, 24 May 2013
  7. „REIMS VS. LILLE 2 - 1“. soccerway.com (2013-yil 17-avgust).
  8. Ligue 1-dansker skal opereres[sayt ishlamaydi], bold.dk, 2 December 2014
  9. Offcielt: Albæk til IFK Göteborg, bold.dk, 11 August 2015
  10. Medie: IFK afviste millionbud på Albæk, bold.dk, 21 February 2017

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]