Madrid universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Madrid universiteti - Ispaniyadagi yirik oliy oʻquv yurti. Alkalade Enares (1508) va Madriddagi Markaziy universitet (1821)larni birlashtirish (1836) natijasida tashkil topgan. 1850 yildan Madrid universiteti deb ataladi. Falsafa, filol., tabiiy fanlar, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, siyosiy va iqtisodiy fanlar, psixologiya va psixotexnika, statistika, stomatologiya, sud tibbiyoti, amaliy yurisprudensiya, qiyosiy huquq, aloqa, dengiz floti, sotsiologiya va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 134 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 700 mingdan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil