Madr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Madr, Mazr — oʻrta asrlarda Balx viloyatiga tobe shaharlardan biri; Xulm daryosi boshlanish yerida joylashgan. M. 7—8-asrlarda Toharistonning Bomiyon bilan chegarasida joylashgan eng jan. shaxri boʻlgan. "Hududul-olam"da M. 10-asrda Andarob viloyatiga tegishli kichik shahar (shahrak) deb qayd etilgan. M. shaxri hozirgi Hindukushdagi Okrabot dovonidan shim.da, Haybaqdan Bomiyonga boruvchi yoʻlda joylashgan. M. yaqinidan (Rui qishlogʻi) Xulm daryosi vodiysi boʻylab Buyuk ipak yoʻlining asosiy yoʻli oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil