Madera
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Madera — uzumdan tayyorlanadigan oʻziga xos xushtaʼm kuchli vino. Madera tayyorlash uchun dub bochkalarda saqlanadigan vino materiallariga muayyan davr davomida havo berib yoki germetik rezervuarlarda kislorodni meʼyorlash bilan issiq joyda ishlov beriladi (maderizatsiya). Madera vino zavodlarida maxsus kurilmalarda tayyorlanadi. Vino maxsus xona (madernik)larga yoki quyosh nuri bilan isitiladigan oynavand kameralarga joylashtiriladigan bochkalarda bir yoki bir necha mavsum saqlanadi.
Oddiy madera uchun vino materiallar maderizatsiyasi 60°-65°da 3 oygacha, oʻrtacha sifatlisi uchun 45-50°da 4-4,5 oy, eng yaxshi sifatlisi uchun 40-45°da kamida 6 oy davom etadi. Markali madera bochka yoki shishalarda yana 2-4, baʼzan 3 yil saqlanadi. Madera vatani—Atlantika okeanidagi Portugaliyaga tegishli Madeyra orol hisoblanadi (vino nomi shundan). Bu orolda vino bundan 5 asr muqaddam vinobop uzum navlari (sersial, malvaziya)dan tayyorlangan. MDHda maderaning 2 turi — spirt hajm hissasi 19-19,5% va qand konsentratsiyasi 3-6 g/100 sm3 boʻlgan kuchli M. va spirt boʻyicha 18% hajm va qand boʻyicha 1,5 g/100 sm1 boʻlgan kuchsiz madera ishlab chiqariladi. Madera vinolari Ukraina (Qrim M.si, Massandra M.si), Rossiya (Don M.si, Kuban M.si), Turkmenistan (Ko-petdogʻ M.si)da aligote, rkatselli, sersial va boshqa uzum navlaridan tayyorlanadi.
Olimjon Alimov[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |