Madaminbek: Qonli gullar vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Madaminbek: Qonli gullar vodiysi" — oʻzbek yozuvchisi Baxtiyor Abdugʻafur (asl ismi — Baxtiyor Rasulov)[1] ning tarixiy janrda yozgan romani. Asar 2021-yilda nashr etilgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida Turkiston algʻov-dalgʻov voqealar girdobida qoldi. Shunday ogʻir vaziyatda Turkiston xalqi orasidan chinakam yurt fidoyilari yetishib chiqdi va vatan ozodligi yoʻlida tengsiz kurashga kirishdi.[2] Asarda Turkistondagi Milliy-istiqlolchilik harakati rahbari boʻlgan Madaminbek hayoti bosh qahramonlaridan biri Maqsudbek Ibrohimbek o‘g‘lining tilidan hikoya qilinadi. Qo‘qondagi qirg‘in, xunrezliklarning guvohi boʻlgan[3], yaqinda madrasani tamomlab, otasining paxta zavodini qurish orzusida yurgan shoirtabiat yigit — Maqsudbek, qo‘liga qurol oladi va Farg‘onaning eng yirik qo‘rboshisi Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li — Madaminbek bilan tanishadi. Tez orada Madaminbekning ishongan yigitlari qatoridan joy oladi. Madaminbek vodiyda qarshilik harakatlarini boshqarayotgan yagona qoʻrboshi emas. Qoʻrboshilarning 1-yigʻilishida Katta Ergash „Amir-ul muslimin“ sifatida saylanadi. Biroq qobiliyat va salohiyat borasida ustun boʻlgan Madaminbek tez orada Amir ul-musliminga boʻy sunmay, mustaqil harakat qilishni boshlaydi. Madaminbek rus krestyanlari bilan uttifoq tuzishi musulmon qoʻrboshilar orasida Madaminbekka qarshi fikrlarni kuchaytiradi. Shunga qaramay, Madaminbek salmoqli janglar olib boradi va Jalolobodni qoʻlga kiritadi. Maqsudbekning togʻasi Islomxon Toʻra hamda Hojimat eshon harakatlari bilan Madaminbekning qarorgohi boʻlgan Oyimqishloqda boʻlib oʻtgan qurultoyda Madaminbek „Amir ul-muslimin“ deb saylanadi. Madaminbek qadrdon doʻsti Shermuhammadbek bilan ittifoq tuzish uchun muzokara oʻtkazish maqsadida hamrohlarsiz yoʻlga chiqadi. Madaminbek Shermuhammadbek bilan koʻrishishga ulgurmay yoʻlda xoinlar tomonidan suiqasdga uchraydi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madaminbek bosh qahramon. 1882-yilda Margʻilon yaqinida tavallud topgan. Margʻilondagi keyinchalik butun Fargʻona vodiysidagi Milliy-istiqlolchilik harakatiga rahnamolik qilgan qoʻrboshi.
  • Maqsudbek qirgʻinlardan jabr koʻrayotgan xalqni qutqarish uchun Milliy istiqlolchilik harakatiga qoʻshiladi. Madaminbekning ishongan qoʻrboshilaridan biri.
  • Shermuhamadbek Madaminbekning yaqin doʻsti, Fargʻona vodiysidagi kuchli qoʻrboshi.
  • Katta Ergash Milliy istiqlolchilik harakatining dastlabki rahbari.
  • Islomxon Toʻra Maqsudbekning togʻasi. Ulamoyi Islomiya tashkilotining aʼzosi.
  • Hojimat eshon — Fargʻona vodiysida hurmatga ega boʻlgan din ulamosi.
  • Komissar Zinovyev — Bolsheviklar tomonidan Fargʻonaga yuborilgan vakil. Hujumlar vaqtida Madaminbek uning hayotini saqlab qoladi. Madaminbekka suiqasd uyushtirib, uni oʻldiradi.

Epizodik qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Parpi qoʻrboshi, Omon polvon Fargʻona vodisida kurash olib borgan qoʻshboshilar.
  • Nusratxoʻja Maqsudbek bilan madrasada birga taʼlim olgan. Maqsudbek bilan Shabnamning turmush qurishiga qarshilik qiladi.
  • Polkovnik Nikolskiy Oqpodshoh qoʻshinlarida xizmat qilgan. Bolsheviklarga qarshi kurashishda Madaminbek bilan ittifoq tuzadi.
  • Monstrov (ruscha: Konstantín Ivánovich Mónstrov) Rus krestyanlari qoʻshinlarini boshqargan. Fargʻonada Bolsheviklarga qarshi kurash olib borgan[4].
  • Shabnam Maqsubdbekning sevgan qizi.

Iqtiboslarlar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haq olinur, berilmas![5]

Asar tarixi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman 2003-2009 yillarda yozildi. 2009-yilda roman qo‘lyozmasi bir necha davlat va xususiy nashriyotlarga olib borildi. Ammo, hech qaysi nashriyot tomonidan nashr etilmagan. Davlat nashriyotidagilar ochig‘ini aytishdi: „Mavzu qaltis, mumkin emas!..“[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    • Rajabova R. Yo.va boshqa, Uzbeki ston tarixi (1917-1993-yil), T., 1994;
    • Validiy, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar), T., 1997;
    • Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob. [Oʻzbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;
    • Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, T., 2000;
    • Ziyoyeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000;
    • Markaziy Osiyo XX asr boshida; islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. Jadidchilik, muxtoriyatchilik, istiqlolchilik. T., 2001;
    • Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924-yil), T., 2002.

Havola[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Qonli gullar vodiysi: Madaminbek» romani muallifi bilan suhbat“ (2018-yil 25-avgust).
  2. „Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat“.
  3. „Dashnaksutyun“.
  4. „Монстров, Константин Иванович“.
  5. „Behbudiy hayot boʻlganida bugun kim boʻlar edi?“ (2020-yil 21-may). 2022-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.
  6. „«Qonli gullar vodiysi: Madaminbek» romani muallifi bilan suhbat“ (2018-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.