Machta
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Machta (gollandcha angra mast — tik) — antennalar, signalizatsiya va aloqa asboblari (kurilmalari), projektorlar, yelkanlar, kuzatish maydonchalarini mahkamlash, simlarni tortish uchun moʻljallangan tik (vertikal) inshoot. M.ning metall (trubalar va burchakliklardan yasalgan), yogʻoch va temir-betonli xillari bor. Maxsus qurilmalar (ankerlar)ga mahkamlangan poʻlat tortqilar M.ni tik ushlab turadi. Kemalarda (kema tumshugidan keyin keladigan M. — fokmachta, ikkinchisi — grotmachta, kema oxiriga yaqin M. — bizanmachta), muqim (statsionar) kutarish kranlarida, elektr uzatish liniyalari va radioantennalarda, kontakt tarmoqlar va aloqa inshootlarida qoʻllanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |