Lyutnya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyutnya (arab, al-ud — xushboʻy daraxt) — torli tirnama musiqa cholgʻusi. Kosaxonasi, katta, dastasi kalta va keng , quloklar joylashgan uchi qayrilgan. 6— 11 ichak tori, 4 (16-asrdan boshlab 11) pardasi boʻlgan. Oʻrta Osiyodan arab mamlakatlari orqali Ispaniya va Sitsiliyaga oʻtgan ud asosida yuzaga kelib, 14-asrda L. nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan. Sadolanishi, Yevropa koʻpovozli (asosan, gomofoniya uslubidagi) musiqasiga xos parda tuzilishi, tovushqator tizimi bilan oʻtmishdoshidan farqqilgan. Uygʻonish davrida L. yakkanavoz va ansambl cholgusi sifatida Yevropa musiqa madaniyatida asosiy oʻrinni egallagan. L. uchun kompozitorlar maxsus asarlar yaratgan, xalq kuylarini qayta ishlagan. L. asarlarining notalari tabulatura tarzida chop etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil