Lyumines sinsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyumines sinsiya (lot. lumen - yorugʻlik, esccnt — kuchsiz, sust taʼsirni ifodalovchi qoʻshimcha) — baʼzi moddalariing muayyan temperaturada ularning issiklik nurlanishiga nisbatan kuch-liroq boʻlgan, yorugʻlik tebranishlari davridan ancha ortiq vaqt davom etadigan (doimiy issiklik nurlanishidan farqli) nurlanishi. Issiqlik nurlanishi juda past temperaturalar (uy temperaturasi) da ham L. shiddat bilan hosil boʻlishi mumkin. Shu sababli uni, odatda, "sovuq" nurlanish deb ham yuritiladi. Bu nurlanish yorugʻlik, radioaktiv nurlanishlar, rentgen nurlanish, elektr maydon uygʻotadigan, shuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik taʼsirlar natijasida hosil boʻladi. L. nurlanish spektri koʻzga koʻrinadigan nurlanish, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishning yaqin diapazonlarida mavjud boʻladi.

Shimol yogʻdusi, chiriyotgan daraxt, baʼzi hasharotlar (biolyuminessensiya), minerallarning L.lanishi qadimdan maʼlum boʻlgan. Lekin L. hodisasi 19-asr oxirlarida oʻrganila boshlandi. V. K. Rentgeniing turli moddalarning shuʼlalanishini oʻrganish yuzasidan oʻtkazgan tajribalari rentgen nurlari kashfiyotiga, A. Bekkerelntg 1890 yilda lyuminoforlarni tadqiq qilish sohasidagi ishlari radioaktivlik hodisasini aniklashga sabab boʻldi. L. qonuniyatlarini oʻrganish va uni turli sohalarda ishlatishda S. I. Vavilov tashkil qilgan fiziklar maktabi muhim hissa qoʻshdi. Odatda, lyuminessent nurlanish uchta asosiy jarayon tufayli vujudga keladi (rasmga k,.). 1) elektron, atom va molekula tashki energiya taʼsirida asosiy holat 1 dan uygʻonish holati 3 ga oʻtadi; 2) elektron, atom va molekula uygʻonish holati 5dan nurlanmasdan metastabil holat 2 ga tushadi; 3) elektron, atom va molekula metastabil holati 2 dan asosiy holat 1 ga kuchli nur chiqarib oʻtadi. Bulardan tashqari, L.ni hosil qiluvchi bir nechta kvant oʻtish yoʻllari mavjud. Mac, zarralar uygʻonish holati 3 ga oʻtmasdan unga yaqin holatlarga oʻtib, bir butun yoʻlak (polosa) hosil qilishi mumkin; zarralar toʻgʻridan-toʻgʻri holat 3 dan asosiy holat 1 ga qaytib tushishi mumkin (rezonans nurlanish). Koʻpincha, zarralar metastabil holat 2 dan 1 ga emas, qoʻshimcha holat /’ ga oʻtishi va keyinchalik nurlanish chiqarmay /’dan 1 holat (/’-" 1) ga utishi mumkin. Agar energiya uzatishning yakunida rekombinatsiya jarayoni (yaʼni elektron va ion, elektron va kovak birlashuvi) mavjud boʻlsa, bunday nurlanishni rekombinatsion L. deyi-ladi. Shuʼlalanishning davom etish vaqtiga qarab, L.ni fluoressensiya (qisqa vaqtli shuʼlalanish) va fosforessensiya (uzok, vaqtli shuʼlalanish) xillariga boʻlinadi. Lyuminessent nurlanishga olib keluvchi elementar ja-rayonlarga qarab, L.ning spontan, majburiy (metastabil) va rekombinatsion turlari bor.

Ld.:Prinsgeym P., Fluoressensiya i fosforessensiya, [per. s angl.], M, 1951; Vavilov S. I., Sobr. soch.,t. 1—2, M, 1952; Fok M. V., Vvedeniye v kinetiku lyuminessensii kristallofosforov, M. 1964; Lan-lsberg G. S, Optika, M., 1976.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil