Lyuksmetr
Qiyofa

Lyuksmetr (lotincha: lux — yorugʻlik va yun. metreo — oʻlchayman) — yorugʻlik intensivligi (yoritilganlik) ni bevosita fokslarda oʻlchaydigan asbob; fotosharning bir turi. Koʻrish va fotoelektr lyuksmetrga ajratiladi. Koʻrish Lyuksmetrining ish prinsipi ikkita yondosh yorugʻlik maydonining ravshanligini tenglashtirishga asoslangan. Ulardan birining yoritilganligi oʻlchanadi, ikkinchisiniki maʼlum va u ichki qizdirish lampasi yordamida kayta tikla-nadi. Fotoelektr lyuksmetrning ishlash tarzi selenli fotoelement yoritilganda, uning zanjirida hosil boʻladigan elektr tokini oʻlchashga asoslangan; shkalasi lyukslarda darajalangan galvanometr yordamida oʻlchanadi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |