Lyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyuk (gollandcha luik — teshik) — 1) agregat, mashina, inshootlar va boshqalardagi tuynuk; ularning ichiga shu tuynuk orqali kiriladi. L. har doim yopiq tura-di va yuqorida aytilgan obʼyektlar ichiga kirish zaruriyati tugʻilgandagina ochiladi. Obʼyektning katta-kichikligiga qarab, L.ning oʻlchami ham har xil boʻladi. Mas, kosmik kema, samolyot fyuzelyajvdagi, sanoat korxonalarining poli va devorlaridagi, vodoprovod, gaz, kanalizatsiya, telefon tarmogʻi qudugʻidagi va boshqa tuynuklar L. hisoblanadi. Bunday L.dar odamning kirib-chiqishi, yuk ortish-tushirish, havo kirishi, yorugʻlik oʻtishi uchun moʻljallanadi; 2) optikada — optik tizimning kuzatuv maydoni doirasini ancha toraytiradigan teshik (diafragma) yoki shunday teshikning optik tasviri. Agar kuzatuv maydonining diafragmasi optik tizim oldida joylashgan boʻlsa, u shu tizimning kirish L. i, uning optik tasviri esa chiqish L. i deb ataladi. Optik tizim orqasida joylashgan diafragma chiqish L. i, uning optik tasviri esa kirish L. i boʻladi; 3) kema bortidagi artilleriya qurolining uchi chiqib turadigan teshik.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil