Lyuffa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyuffa (Luffa), qozonyuvgʻich — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Osiyo, Afrika va Jan. Amerika tropiklarida 6—8 turi usadi. Ikki turi — mevasi duksimon va silliq, uz. 50 sm gacha boradigan dov L. (L.cylindrica) va mevasi qirrali, uz. 15—30 sm boʻladigan kirrali L (L. acutangula) Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Braziliya, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Poyasi (palagi) uz. 5 m gacha boradi. Bar-gi yirik, gullari och sariq. Iyul— avg .da gullaydi, avg .—sentabrda meva hosil qiladi. Hosildorligi 1 ga may-dondan 25 ming donagacha meva va 3,5 t gacha urugʻ beradi (urugʻida 25% texnik moy bor). Dumbul mevalari ovqatga ishlatiladi, pishgan mevalaridan (ishlov berilganidan keyin) yuvinish uchun mochalka va poyabzal materiali olinadi. Yetishtirish texnologiyasi bosh-qa qovokdoshlarni yetishtirish texnologiyasi ga oʻxshash.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil