Lyej

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyej, Leyk — Belgiyaning sharqiy qismidagi shahar. Lyej provinsiyasining maʼmuriy markazi. Urt va Maas daryolari qoʻshilish yerida joylashgan. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Daryo porti, kanal orqali Antverpen shahri bilan bogʻlangan. Aholisi 185,6 ming kishi (2000). L. mamlakatning ogʻir sanoat markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik rivojlangan. Kime va rezina-texnika, oyna-shisha (yukrri sifatli billur ishlab chiqarish), sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ov qurollari va sport anjomlari ishlab chikariladi. Shahar yaqinidagi Xerstalda yirik harbiy sanoat korxonasi joylashgan. Toshkoʻmir olinadi. Un-t, ba-diiy akademiya, konservatoriya, nafis sanʼat, arxeologiya va boshqa muzeylar bor. Shaharga 8-asrda asos solingan. 1830 yilgacha turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. Meʼmoriy yodgorliklardan 10— 18-asrlarda qurilgan sobor, cherkov, ratusha va saroylar saqlangan. L. yozuvchi J. Simenon vatani.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil