Lutsian Prigojin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lutsian Prigojin
Tavalludi 15-avgust 1926-yil
Vafoti 21-fevral 1994-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi bastakor

Lutsian Abramovich Prigojin (ruscha: Люциан Абрамович Пригожин, 15-avgust 1926-yil, Toshkent, OʻzSSR, SSSR – 21-fevral, 1994-yil, Sankt-Peterburg, Rossiya) – sovet bastakori. RSFSR xalq artisti (1991).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lutsian 15-avgust 1926-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning otasi Abram Markovich Prigojin advokat boʻlgan (1896, Mariupol – 1944, Toshkent). Uning onasi Berta Iosifovna Levitan boʻlgan. 1951-yilda Leningraddagi konservatoriyani tamomlagan va 1967-yildan Sankt-Peterburg konservatoriyasida professor lavozimida faoliyat yurita boshlagan. Lutsian Prigojin simfoniyalar, operalar va kantatalar muallifidir. U 1960-yilda „Krotkaya“, 1962-yilda „ Zavtrashniye zaboti“, 1963-yilda „Polyot k tisyacham solns“ 1964-yilda „Dalniy poisk“ (hujjatli film) hamda 1967-yilda „Grossmeysterskiy ball“ (film spektakli) kabi koʻplab teatr spektakllari va filmlari uchun musiqalar bastalagan[1]. Bastakor Prigojin Sankt-Peterburgdagi Shimoliy qabristonga onasining yoniga dafn etilgan[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prigojinning rafiqasi musiqashunos Y. V. Keldishning qizi Larisa Georgiyevna Prigojina (1937–2017) teatr tarixchisi boʻlgan. Oʻgʻli – Yuriy Lutsianovich Prigojin (1951-yilda tavallud topgan), matematik va qizi – Nina Lutsianovna Prigojina (1959-yilda tugʻilgan), pianinochi, musiqashunos boʻlgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yilda „Aybolit i obezyana“, „Malchish-kibalchish“, 1969-yilda „Slova o polku Igore“ operalarini va 1950-yilda „Stepan Razin“ kantatasini yaratgan.

Baletlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lutsian „Krug ada“ baletiga musiqa bastalagan (Dantening „komediyasi“ asosida, 1964-yil, premyerasi Leningrad Maliy opera va balet teatri, 1964-yil 31-oktyabr).

Simfoniyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bastakor 1955-yil birinchi, 1957-yil ikkinchi (2-nashr 1960) va 1970-yil uchinchi simfoniyasini yaratgan.

Romanslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

N. Nekrasov, A. Kanningem, V. Shekespeare, A. Pushkin va boshqalarning soʻzlariga romanslar yaratgan.

Spektak va filmlar uchun musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lutsian Abramovich teatrlarda drama spektakllar, radio spektakllar, filmlar uchun musiqa bastalagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]