Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy (taxminan 1485, Fargʻona vodiysi, Axsikent mavzesi — taxminan 1571) — naqshbandiylik tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Baʼzi manbalarda Xoʻja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va sulukni oʻtaganligi aytiladi. L.ga Maxdumi Aʼzamning istagi bilan "Fargʻona va Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari" ishonib topshirilgan. L. bir necha marta yashashjoyini oʻzgartirgan. Oʻzining aytishicha, "kishloq axlining fitnasi oqibatida" koʻchishga majbur boʻlgan. Oxiri Chustga kelib, muqim boʻlib koladi. Bu yerda dehkonchilik bilan tirikchilik oʻtkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq boʻladi. Shu bois oʻsha davrda davlatdagi koʻpgina ichki nizolarni bartaraf etishga, saroydagi ayrim bek va amirlarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qoʻyishga erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan boʻlib, L. uning vakillarini koʻp marta rofi-ziylik (islom yoʻlidan chetga chiqish)da aybladi. L.ning izdoshlari koʻp edi. Ular Toshkent, Fargʻonadan tashqari, Hisor hamda Movarounnahrning boshqa chekka viloyatlarida 20-asrning boshlariga qadar faoliyat koʻrsatgan. L.ning ijodiy merosi haqida maʼlumotlar kam. Manoqiblarda uning oʻz oʻquvchilariga tanbeh tarzida yozilgan 2 ta kichik risolasi tilga olinadi.

L.ning qabri qayerdaligi aniq emas. Baʼzi manbalarda u Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan deyiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ismoilov M., Ikromov T., Mavlono Lutfulloh Chustiy, Namangan, 1998; Muhammad Mufti Ohangaroniy , Mavlono Lutfulloh manoqibi, T., 2002.

Baxtiyor Bobojonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil