Kontent qismiga oʻtish

Lutfulla Zohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lutfulla Zohidov — (1930, Qoʻqon — 2015, Qoʻqon) adabiyotshunos, Filologiya Fanlari nomzodi (1970), dotsent.

Lutfulla Zohidov
Tavalludi 1930-yil 9-mart
Qoʻqon shahri
Vafoti 2015-yil
Qoʻqon
Mukofotlari

"Shuhrat" medali

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy Yorligʻi

Qoʻqon davlat pedagogika institutini tugatgan (19599). Shu institutda adabiyot kabineti mudiri, oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor vazifalarida ishlagan (1948-yildan). Uning „Alisher Navoiy ijodida muammo janri“ (1986), „Maʼnaviy qadriyatlar“ (hammualliflikda, 1991), „Qoʻqon Davlat Pedagogika instituti tarixi“ kabi kitoblari chop etilgan.

«Shuhrat» medali (1993) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy Yorligʻi bilan taqdirlangan[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 149 bet.