Lutfulla Olimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lutfulla Olimiy (1893, Namangan — 1969, Qoʻqon) — oʻqituvchi va jurnalist. Namangan madrasalarining birida tahsil koʻrgach, 1916-yilda Ufaga borib, Madrasai Oliyada oʻqigan. 1917-yil Fevral voqealaridan keyin yurtiga qaytib, Namanganda tashkil etilgan "Namuna" maktabida oʻqituvchi (1918—23), shahar xalq maorif boʻlimi, madaniy oqartuv mu-assasida mudir, shahar ijroiya qoʻmitasida kotib (1924) boʻlib ishlagan. Ayni paytda "Nashri maorif" jamiyati viloyat boʻlimining kotibi (1921—23). Soʻng Qoʻqonga koʻchib borib, 1930-yilga qadar "Fargʻona" ("Yangi Fargʻona") gaz.da muharrir oʻrinbosari (1925—27) va muharrir (1928— 30) lavozimlarida xizmat qilgan. 1930-yilda "Milliy ittiqod" tashkilotining aʼzosi sifatida qamoqqa olingan. 1937 va 1949-yillarda 3-marotaba qatagʻon etilgan. Qamoqdan qaytgach, xoʻjalik ishlarida xizmat qilgan. "Nodira" (1923), "Qizil adabiyotning hozirgi ahvoli" (1924), "Unutilmas shoir" (Soʻfizoda haqida, 1925) kabi maqolalari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil