Lutfulla Abdullayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lutfulla Abdullayevich Abdullayev (1912.25.10, Mirzachoʻl −2000.2.10, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1930 — 1935). Toshkent badiiy bilim yurtida oʻqituvchi (1935 — 1937). Abdullayev asarlari dolzarb, mazmunli, gʻoyaviy va murakkab syujetli, jonli va yorqin obrazlarga boy. „Mulla Toʻychi Toshmuhamedov portreti“ (1938), „Qahramonni kutib olish“ (1947), „Doʻstlarning uchrashuvi“ (1961) va boshqa Hajviy karikaturalari „Mushtum“ jurnalida muntazam bosilgan. 15 dan ortiq kitoblarni badiiy bezadi: Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ tarixiy romani (1961, rus tilida), Oybekning „Bolalik“ (1963), G'afur Gʻulomning „Shum bola“ (1964) qissalari va boshqa „Osiyo ustida boʻron“, „Oʻtgan kunlar“, „Mehrobdan chayon“ va boshqa filmlarga liboslar eskizlarini tayyorlagan. Oʻzbekiston tabiati aks etgan manzaralar, agitplakatlar (ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida), portretlar („Navoiy nomidagi teatr qurilishida“, 40-yillar, „Mening zamondoshlarim — adabiyot va sanʼat arboblari“ — guruh portretlari, 1989) ham yaratgan. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan. A. Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1995). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |