Luqsor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Luqsor (arab, al-aqsar) — Misrdagi shahar, Nil daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida. Aholisi 360,5 ming kishi (1996). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroport bor. L. — iqlim kurorti. Iqlimi quruq choʻl iqlim; yomgʻir deyarli yogʻmaydi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 16,7°, martda 22, G. L.da buyrak, yuqori nafas aʼzolari xastalangan bemorlar davolanadi. Xalqaro turizm markazlaridan. Mehmonxona, pansionat koʻp. Hunarmandchilikda es-dalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi.

L. qad. Fiva (Misrning miloddan avvalgi 21— 11-asrlardagi poytaxti) oʻrnida bunyod boʻlgan. L.ning gʻarbiy chekkasida AmonRa, Mut va Xonsu xudolarining ibodatxonalari joylashgan. Bu yodgorliklarda Yangi podsholik davrining (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) meʼmoriy anʼanalari aks etgan, kolonnadalardan keng foydalanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil