Luna (dastur)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"LUNA" — Oyni tadqiq qilish boʻyicha sobiq Ittifoq dasturi nomi, shuningdek, 1959 yildan boshlab sobiq Ittifoqdan Oyga uchirilgan sayyoralararo avtomatik stansiyalarning nomi. Luna (dastur) ishlarini bajarish uchun "L."ga Yerdan turib boshqariladigan telemetrik, fototelevizion, radiotexnik apparatlar oʻrnatilgan. Uchirilgan "L."larning soni 20 dan ortiq boʻlib, bajaradigan vazifalari turlicha belgilangan. Maye, "L.-1" (1959 yil 2.1.) Oy yaqinidan oʻtib, Quyoshning birinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi. "L.-2" (1959 yil 14.9.) Oy sirtiga ilk bor tu-shirildi; "L.-Z" (1959 yil 7.10.) Oy atrofidan uchib oʻtib, uning Yerdan koʻrinmaydigan qismini tarixda birinchi marta fotosuratga tushirdi, 1963—65 yillarda uchirilgan "L.-4", "L.-8" avtomatik st-yalar oldiga Oyni yaxshiroq oʻrganish va uning sirtiga ohista qoʻnish masalalarini yechish qoʻyilgan edi. "L.-9" (1966 yil 3.2.) jahonda birinchi marta Oy sirtiga ohista qoʻndirildi va u Oy sirtidagi manzarani Yerga yetkazdi; "L.-13" ham (1966 yil 21.12.) ana shunday vazifani bajar-di; "L.-10", "L.-11", "L.-12", "L.14" va "L.-15" (1966-1969 yil) Oyning sunʼiy yoʻldoshi orbitasiga chiqarildi; "L.-16" (1970 yil); "L.-20" (1972 yil) va "L.-24" (1976 yil) Oyga qoʻndirildi va Yerga Oy tuprogʻi keltirildi. "L.-17" (1970 yil) yordamida "Lunoxod-1" Oyga qoʻndirildi; "L.-18" va "L.-19" (1971 yil) yordamida Oy orbitasining evolyusiyasi oʻrganildi "L.-20" Oyning oltinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi; "L.-21" (1973 yil) yordamida "Lunoxod-2" Oyga qoʻndirildi. Bunday avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Oy atmosferasining nihoyatda siyrakligi va uning tarkibi oʻrganildi. Oy sirti va ichining tuzilishi, gravitatsion hamda magnitizm maydonlari, seysmik ahvol va boshqa qator tabiiy shart-sharoitlar chuqur tekshirildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil