Luisvill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Luisvill - AQShning sharqiy qismidagi shahar. Kentukki shtatida. Ahapisi 256,2 ming kishi (2000). Yirik savdo va sanoat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Ogayo daryosi boʻyidagi port, temir yoʻl stansiyasi. Mashinasozlik (elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish), poligrafiya, kimyo sanoatlari, tamaki, vinochilik rivojlangan. Mebel, harbiy, metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Tamaki va zotli otlar savdosining yirik markazi. Shaharga 1778-yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil