Kontent qismiga oʻtish

Lug'ati turkiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fazullaxon barlosning "Lug'ati turkiy" asari. Mazkur lug'atni XVIII asrning ikkinchi yarmida (milodiy 1799-yili) Hindistonning Bangola shahrida Shohjahonning o'g'li Avrangzeb buyrug'i bilan Fazulaxon barlos tuzgan. Lug'at fors tilida bo'lib, uning kunimizgacha yetib kelgan yolg'iz qo'lyozmasi hozir Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Unda kelib chiqishi turkiy bo'lgan 1366 ta so'zga izoh berilgan. Lug'atda turkiy fe'llar berilib, uning qanday o'qilishi, ma'nolari fors tilida bayon qilingan. Tuzuvchi fe'llarni o'n uch xil harf bilan boshlanuvchi so'zlar guruhiga (ya'ni boblarga), ismlarni esa o'n sakkiz xil harf bilan boshlanuvchilarga ajratadi. Avval fe'llar, so'ng otlar beriladi. Fe'llarni berganda avval alif bilan boshlanuvchi so'zlar(masalan, oqumoq), so'ng bilan boshlanuvchi so'zlar (masalan, bermäk) beriladi, shu tartibda davom etilib, oxirida bilan boshlanuvchi so'zlar keladi. Otlar esa anglatgan ma'nolariga ko'ra guruhlashtirilgan: ketma-ketlik uy-ro'zg'or buyumlarining otlaridan boshlanib, hayvonot olamiga kiruvchi so'zlar bilan tugaydi. Turkiy so'zlar ma'nosini to'g'ri anglash, talaffuzida yanglishmaslik maqsadida turli harakatlar (alomatlar), tovushlarning maxsus atamalari (kāf-e'arabî, jim-e fārsî va b) va boshqa ko'rinishdagi izohlash yo'llaridan unumli foydalanilgan. So'zlarning ma'nosi turkiy so'zga teng keladigan forscha so'zlar, so'z birikmalari, ba'zan bunga qo'shimcha holda hindcha so'zlarni keltirish bilan, shuningdek, o'sha so'zning ma'nosini umumiy tushuntirish yo'li bilan beriladi.

[1]

  1. Sodiqov, Qosimjon. Eski o'zbek tili, Toshkent, 2020 — 116 bet.