Ludlov yarusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ludlov yarusi, Ludlou (Angliyadagi Shropshir grafligining Ludlou qishlogʻi nomidan) — silur davrining pastdan uchinchi yarusi. 1833 yilda ingliz olimi R. Murchison tomonidan aniqlangan. Ludlov yarusi (pastdan yuqoriga qarab) elton, brinjvud, leyntvardin va uaytklif qatlamlariga boʻlinadi. Koʻpincha, bentosli fauna bilan tavsiflanib, 4 graptolitli zona ("Monograptus nissoni", "M. Scanius" "M. tumescens" va "M. leitwardinensis") ga mos keladi. Bu zonalar jinslaridan faptolitlar, kovakichlilar, yelkaoyoklilar va boshqa hayvon qoddiqpari topilgan. Ludlov yarusiga taallukdi togʻ jinslari, asosan, RF (Novaya Zemlya, Ural, Oltoy, Tuva), Qozogʻiston, Boltiqboʻyi, Ukrainaning jan.-gʻarbida, Oʻrta Osiyoda bor. Oʻzbekistonda Turkiston, Olay, Qurama, Hisor, Chatqol togʻlarida uchraydi. Ludlov yarusining umumiy qalinligi 450 m boʻlib, ohaktosh, slanets, otqindi togʻ jinslaridan tuzilgan. Ushbu yarus jinslarida simob, mis kolchedani va boshqa foydali qazilmalar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil