Loïc Duval
Loïc Duval | |
---|---|
![]() Loïc Duval (2018). | |
Millati |
![]() |
Tugʻilgan joyi |
12-iyun 1982-yil Chartres, Fransiya |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2014-15 |
Avtomobil raqami | 6 |
Sobiq jamoasi | Dragon Racing |
Startlar | 30 |
Gʻalabalar | 0 |
Unvonlar | 2 |
Pole pozitsiyasi | 0 |
Tez aylanishlar | 2 |
Eng yaxshi finish | 8 2015-16 |
Oxirgi mavsum | 15 |
Loïc Duval (1982-yil 12-iyunda tugʻilgan) — fransuz professional poygachisi. Audi Sport jamoasi uchun poygalarda ishtirok etadi. Formula E musobaqasida esa Dragon Racing jamoasi uchun poygalarda ishtirok etadi. U Allan McNish va Tom Kristensen bilan birgalikda 2013-yilgi Le Man 24 soat poygasida gʻolib chiqdi. Hozirgacha u oʻzi ishtirok etgan turli poygalarning 42 tasida gʻolib chiqdi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/32/Loic_Duval_2010_Formula_Nippon_Motegi_%28May%29_FP2.jpg/220px-Loic_Duval_2010_Formula_Nippon_Motegi_%28May%29_FP2.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c8/Duval_and_Panis_Le_Mans_drivers_parade_2011.jpg/220px-Duval_and_Panis_Le_Mans_drivers_parade_2011.jpg)
Chartreda tugʻilgan Duval oʻz faoliyatini kartingda boshlagan. 2002-yilda Formula Campus France chempioni boʻlgan. 2003-yilda Formula Renault 2000 Fransiya chempioni boʻlgan. 2004-yilda u Formula 3 Euro seriyasida ikkita podium natijasi bilan oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2004-yilning oʻzida Renault F1 uchun sinovdan oʻtdi. Keyingi yili u F3 Euro seriyasida oltinchi oʻrinni egalladi va Makao Gran-prisida eng tez aylanish natijasiga erishdi. Keyin u Yaponiyada oʻtkaziladigan poygalarga oʻtdi. U yerda Formula Nippon va Super GT poygalarida ishtirok etdi. 2007-yilda u faoliyatini Formula Nippon musobaqasida davom ettirdi. Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi A1 Gran-pri seriyasida A1 Team France jamoasi tarkibida ishtirok etdi va jamoasiga yuqori ballarni taqdim etdi. U 2008-yilda ushbu musobaqada ikkinchi oʻrinni egalladi. Nakajima Racing jamoasi uchun toʻrtta gʻalabaga erishdi[1].
2014-yil 11-iyun kuni Le Man 24 soat poygasida Duval tomonidan boshqariladigan Audi No1 avtomobili jiddiy shikastlandi. Natijada Duval Le Man 24 soat poygasini tark etdi.
Formula E (2015-2017)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Duval oʻzining Formula Edagi debyutini 2015-yil mart oyida 2015-yilgi Mayami ePrix musobaqasida oʻtkazgan. Formula E poygalarining 2014—2015-yilgi mavsumining dastlabki toʻrtta poygasini oʻtkazib yuborgan. U keyinchalik Oriol Servianing oʻrnini egalladi. Duval mavsumdagi birinchi poygasida (2015-yilgi Berlin ePrix musobaqasi) jamoadoshi d’Ambrosio bilan poygada gʻalaba qozondi. Duval mavsum finalida London ePrix musobaqasining ikkinchi bosqichida podium natijasiga erishdi. U chempionatning oʻn bir raundining yettitasida 42 ball toʻplagan holda mavsumni 9-oʻrinda yakunladi. Duvalning qoʻshgan hissasi Dragon Racingga chempionatda 2-oʻrinni egallashiga yordam berdi. Jamia mavsumning koʻp qismini kuchli beshlikdan oʻtkazdi[2].
Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daytona poygasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Jamoa | Yordamchi haydovchi | Avtomobil | Klass | Aylanish | Poz. | Klass poz. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2017 | ![]() |
![]() ![]() ![]() |
Oreca 07-Gibson | P | 562 | DNF | DNF |
2018 | ![]() |
![]() ![]() ![]() |
Oreca 07-Gibson | P | 808 | 3 | 3 |
2019 | ![]() |
![]() ![]() ![]() |
Nissan DPi | DPi | 589 | 4 | 4 |
2020 | ![]() |
![]() Andoza:Country data PRT João Barbosa |
Cadillac DPi-V.R | DPi | 833 | 3 | 3 |
2021 | ![]() |
![]() ![]() |
Cadillac DPi-V.R | DPi | 723 | DNF | DNF |
2022 | ![]() |
![]() ![]() ![]() |
Cadillac DPi-V.R | DPi | 761 | 3 | 3 |
Le Man 24 soat poygasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Jamoa | Yordamchi haydovchi | Poyga mashinasi | Klass | Aylanish | Umumiy natija | Klass |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2008 | ![]() |
![]() ![]() |
Courage-Oreca LC70-Judd | LMP1 | 357 | 8 | 8 |
2010 | ![]() |
![]() ![]() |
Peugeot 908 HDi FAP | LMP1 | 373 | DNF | DNF |
2011 | ![]() |
![]() ![]() |
Peugeot 908 HDi FAP | LMP1 | 339 | 5 | 5 |
2012 | ![]() |
![]() ![]() |
Audi R18 ultra | LMP1 | 366 | 5 | 5 |
2013 | ![]() |
![]() Andoza:Country data DNK Tom Kristensen |
Audi R18 e-tron quattro | LMP1 | 348 | 1 | 1 |
2015 | ![]() |
![]() ![]() |
Audi R18 e-tron quattro | LMP1 | 392 | 4 | 4 |
2016 | ![]() |
![]() ![]() |
Audi R18 | LMP1 | 372 | 3 | 3 |
2018 | ![]() |
![]() ![]() |
Oreca 07-Gibson | LMP2 | 366 | ||
2019 | ![]() |
![]() ![]() |
Oreca 07-Gibson | LMP2 | 366 | 8 | 3 |
2021 | ![]() |
![]() ![]() |
Oreca 07-Gibson | LMP2 | 356 | 17 | 12 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Duval wins 2009 Formula Nippon Championship“. Bridgestone Motorsport. Bridgestone (2009-yil 1-sentyabr). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
- ↑ Tom K can race if Audi continues (Wayback Machine saytida 14 July 2014 sanasida arxivlangan)