Kontent qismiga oʻtish

Loyiha boshqaruvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loyiha Boshqaruvi - boshqaruvning 4 bosqichi

Loyiha boshqaruvi (ing: Project Management) – bu loyiha maqsadlariga erishish uchun rejalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir. Bu jarayon vaqt, byudjet va resurslar kabi cheklovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi[1]. Odatda bu uch cheklov loyiha boshqaruvi uchburchagi deb yuritiladi. Bunday cheklovlardan to'g'ri foydalanib loyiha boshqaruvidan foydalanish talab qilinadi. Loyiha boshqaruviga javobgar shaxsh "Loyiha Menejeri" yoki "Loyiha Boshqaruvchisi" deb ataladi.

Bosqichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyiha boshqaruvi quyidagi asosiy to`rt bosqichni o'z ichiga oladi[2]:

Loyihani Boshlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Loyiha maqsadlari: Loyihaning aniq va o`lchab bo'ladigan maqsadlari belgilanadi.
  • Maqsad va ko`lam: Loyihaning asosiy vazifalari va ularning chegaralari aniqlanadi.

Loyihani Rejalash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Reja tuzish: Loyiha jadvali, byudjeti, zarur resurslar va risklarni boshqarish rejasi ishlab chiqiladi.
  • Vazifalar va majburiyatlar: Loyihada kim nima qilishi va qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi.

Loyihani Amalga Oshirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vazifalarni bajarish: Loyihani amalga oshirish uchun belgilangan vazifalar bajariladi.
  • Resurslar boshqaruvi: Kerakli materiallar, byudjet, va inson resurslari samarali boshqariladi
  • Ishlash ko'rsatkichlari: Loyihaning rejalashtirilgan maqsadlari va muddatlariga muvofiq ketayotganligini nazorat qilib boriladi
  • Risklarni boshqarish: Loyihada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlanadi va bartaraf etiladi.

Loyihani Yakunlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Loyiha topshirish: Loyihaning yakuniy mahsuloti yoki natijasi mijozga topshiriladi.
  • Hisobot va tahlil: Loyihaning muvaffaqiyati va kamchiliklari tahlil qilinadi, hisobot tayyorlanadi va kelajakdagi loyihalar uchun yakuniy xulosalar chiqariladi.

Metodologiyalar[3][tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Waterfall (Kaskad):
    • Loyihaning har bir bosqichi birin-ketin, oldindan tuzilgan aniq reja bo'yicha amalga oshiriladi.
  2. Agile (Tezkor):
    • Moslashuvchan va iterativ yondashuv bo'lib, tezkor o'zgarishlarga moslashadi:
      1. Skram: Agile metodologiyasining bir turi bo'lib, qisqa vaqt ichida aniq vazifalarni bajarish maqsadida foydalaniladi
      2. Kanban: Ish jarayonini vizuallashtirish metodikasi bo'lib, u jarayonni vizual boshqarish uchun foydalaniladi.

Loyiha boshqaruvi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy tamoyillar, vositalar va metodologiyalarni o'z ichiga oladi. Statistikaga ko'ra samarasiz loyiha boshqaruvi sabab o'rtacha 70% loyihalar yakunlanmaydi yoki umuman amalga oshmaydi[4]. Samarali loyiha boshqaruvi nafaqat loyihaning o'z vaqtida va byudjet doirasida bajarilishini ta'minlaydi, balki loyiha jamoasining ishini muvofiqlashtirish va resurslarni samarali boshqarish orqali yuqori sifatli natijalarga erishishga yordam beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „PMI | Project Management“.
  2. „The Four Phases of Project Management“.
  3. „Project Management Methodologies & Frameworks You Should Know“.
  4. „Project Management Statistics: Trends and Common Mistakes in 2024“.