Lox-ness

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lox-ness — Buyuk Britaniya shim.dagi koʻl, Shotlandiyada. Glen-Mop tektonik botigʻida joylashgan. Maydoni 56 km², uz. 39 km, eng chuqur joyi 230 m. Qirgʻoqlari tik, qoyali. Muzlamaydi. Atlantika okeanining Mori-Fert qoʻltigʻiga oqadi. L.-N. — Kaledon kanalining bir qismi. L.-N.da "Nessi" deb nomlanuvchi nomaʼlum ulkan mahluq yashaydi degan taxminlar bir necha yillardan buyon tasdiqlanmadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil