Louis XVIII

Louis XVIII yoki Lyudovik XVIII (1755.17.11, Versal — 1824.16.9, Parij) — qirol (1814—1815 va 1815—1824). Burbonlar sulolasidan. Buyuk fransuz inqilobi davrida (1789—1794) xorijdagi fransuz aksil inqilobchilari rahbari. Napoleon I taxtdan agʻdarilgach, xorijiy davlatlar koʻmagida hokimiyatni egallagan.
Ludovik XVIII Fransiya inqilobi boshlanishidan oldin qirollik oilasida yashagan. 1789-yilgi Fransuz inqilobi natijasida monarxiya zaiflashib, uning akasi Ludovik XVI 1793-yilda qatl etilgan.
Shundan keyin Ludovik XVIII Burbonlar sulolasi nomidan Fransiya taxtiga da’vogarlik qildi. U uzoq vaqt surgunda yashadi.[1]
Napoleon bilan munosabati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoleon Bonapart hokimiyatga kelgach, Ludovik XVIII Fransiyaga qayta olmadi. Napoleon 1814-yilda mag‘lubiyatga uchragach, Ludovik XVIII Fransiya taxtiga qaytdi.
Ammo 1815-yilda Napoleon Elba orolidan qaytib, taxminan 100 kun davomida yana hokimiyatni egalladi. Ludovik XVIII yana mamlakatdan chiqib ketdi. Napoleon Vaterloo jangida mag‘lub bo‘lgach, Ludovik XVIII yana qirol bo‘ldi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- ↑ anvarjonov, ahadjon. napalone (0292026).