Losossimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Losossimonlar (Salmonidae) - seldsimonlar turkumiga mansub oʻtkinchi va chuchuk suv baliqlari oilasi. Orqa suzgichida 17 tagacha nurlari boʻladi. Tuxum yoʻllari yaxshi rivojlanmagan, yetilgan uvildirigʻi tana boʻshligʻiga tushadi. Tinch okean lososlari (keta, bukri baliq, nerka, sima) va haqiqiy lososlar (segma, kumja, shixan va boshqalar) mavjud. L. fakat chuchuk suvlarda koʻpayadi (oʻtkinchi L. uvildiriq tashlash uchun daryolarga oʻtadi). Uvildiriq tashlash davrida L.ning tashqi koʻrinishi (ayniqsa, erkaklarida) keskin oʻzgaradi. Tinch okean lososi, bukri baliq va baʼzan L. hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlab xalok boʻladi. Pushti uncha koʻp boʻlmaydi. Koʻpchilik L. turi qumli, maydatoshli va toshli sayoz suvlarga uvildiriq tashlaydi. Bir qancha oʻtkinchi turlari pakana formalarni hosil qiladi. L. ovlanadi. 11 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston suv havzalarida orol lososi, yaʼni kumja va amudaryo gulmoyi kenja turlari uchraydi (keyingi maʼlumotlarga qaraganda, orol lososi qirilib yoʻq boʻlib ketgan).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil