London ilm-fan muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

London ilm-fan muzeyi, Ilm-fan va sanoat milliy muzeyi — Buyuk Britaniyada texnika yoʻnalishidagi eng yirik va qad. muzeylardan biri. 1851 yil Kensington parkidagi Katta texnika koʻrgazmasi negizida tashkil etilgan. 1857 yil 24 iyunda ochilgan. Fan va texnika taraqqiyoti tarixi hamda uning hozirgi holatini aks ettiradigan material va buyumlar yigʻilgan; shuningdek, ana shu material va buyumlar namoyish qilinadi. 60 ga yaqin boʻlimi bor. Muzeyda 50 mingga yaqin buyum mavjud. Kolleksiyalar xronologik tartibda joylashtirilgan. Ekspozitsiyalar namoyish qilinadigan maydon 30 ming m2ni tashkil etadi. Muzey buyumlari asosan, asl, ishlaydigan priborlar, jihoz va mashinalar (mas, aeronavtika boʻlimidagi ekspozitsiyalar orasida 20 dan ortiq samolyot bor) yoki ularning anik, modellaridan iborat. Muzeyning tarixiy noyob materiallari orasida J. Uattning yaxlitligicha muzeyga koʻchirib olib kelingan ustaxonasi, J. Stefenson lokomotivi saqlanadi. Muzeyda kutubxona, leksiya va kino zali, ustaxona, fotostudiya, boʻlimlarda lab.lar bor. London ilm-fan muzeyilar olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil