Loladaraxt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Loladaraxt, liriodendron (Liriodendron) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub, bargi toʻkiladigan daraxtlar turkumi. 2 turi (L.tulipifera Shim. Amerikada va L.chinense Markaziy Xitoyda) 6op.L.tulipiferaning boʻyi 60 m cha, diametri 3,5 m cha. Poʻstlogʻi kulrang yoki qizgʻish-qoramtir. May — iyunda gullaydi (gullari lolaga uxshagani uchun L. deyiladi). Poʻstlogʻida oshlovchi moddalar bor. Yogʻochining xususiyatlari teraknikiga yaqin. Mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida, qogʻoz sanoatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Oʻzbekistonning Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand va boshqa shaharlarida L.ning keksa va yosh tuplari bor. L.ni urugʻidan koʻpaytirish usullari Oʻzbekiston FA Botanika ishlab chikarish markazining Botanika bogʻida ishlab chiqilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil