Lola Mamadaliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola Mamadaliyeva
Tavalludi 1966
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Fargʻona politexnika instituti
Taʼlimi Fargʻona politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Lola Komiljonovna Mamadaliyeva (1966-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Mamadaliyeva 1966-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1982-yilda Fargʻona badiiy tikuvchilik fabrikasi tikuvchisi, 1983—1988-yil Fargʻona politexnika instituti talabasi, 1992-yilda Fargʻona politexnika instituti avtomatik boshqarish tizimlari boʻlimi operatori boʻlgan[1]. 2003-yildan Fargʻona politexnika institutida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent va hozirda professor lavozimida ishlab kelmoqda. Pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda, energetika fakultetining xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Fargʻona politexnika instituti „Jamoatchilik boshqaruvi va nazorat“ kengashi va institut ilmiy Kengashining aʼzosi, 2012—2017-yillarda Fargʻona politexnika instituti „Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari“ kafedrasi mudiri, 2017-yilda „Informatika va axborot texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda „Yarim oʻtkazgichlar fizikasi“ ixtisosligi boʻyicha aspiranturani tamomlab, 2009-yilda Toshkent „Fizika-Quyosh“ ilmiy tadqiqot institutida „CdTe dan tayyorlangan fotosezgir parda va BiTeSb-BiTeSe termoelektrik materiallari asosida koʻp maqsadli fototermo oʻzgartirgichlarni yaratishni tadqiqot qilish“ mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda „Geterotuzilmali fotooʻzgartirgich va BiTeSb-BiTeSe dan tayyorlangan termoelementlar asosida yuqori samaradorlikka ega boʻlgan tanlangan nurlar fototermo-oʻzgartirgichlarni yaratish“ mavzusida texnika fanlari boʻyicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. Mamadaliyeva Lola 2 ta ilmiy ixtiro uchun patent va 3 ta xalqaro mualliflik guvohnomasi, 10 ta EHM dasturi uchun mualliflik guvohnomasi, 4 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma va 5 ta monografiya, 25 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanma va koʻrsatmalar, 150 dan oriq ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. 2018-yili „Yil ayoli“ koʻkrak nishoni, 2021-yili „Maʼnaviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni, 2022-yili „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni, 2023-yili „Ilm-fan iftixori“ esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2020-yili „Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi“ III respublika tanlovi gʻolibi boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]