Lokator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lokator (lot. loco — joylashtiraman) — kuzatilayotgan obʼyektlar (samolyot, kema va boshqalar) haqida axborot olish uchun ishlatiladigan asbob (stansiya); obʼyektga uzatilgan tovush toʻlqinlari yoki elektromagnit toʻlqinlarining undan qaytishiga asoslangan. Gidrolokator, radiolokator va optik L. kabi xillari bor. Optik L.da lazer nurlaridan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil