Kontent qismiga oʻtish

Logarifmlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Logarifmlash — son (ifoda)ning logarifmini topish amali. L. darajaga koʻtarishga teskari boʻlgan ikki amaldan biridir. L. natijasida sonlarni koʻpaytirish yoki boʻlish ularning logarifmlarini qoʻshish yoki ayirishga, sonlarni darajaga koʻtarish yoki sondan ildiz chikarish, son logarifmini daraja koʻrsatkichiga koʻpaytirish yoki ildiz koʻrsatkichiga boʻlishga, yaʼni soddaroq amallarni bajarishga keltiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil