Lof (janr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lof — xalq ogzaki poetik ijodining hajviy-yumoristik janrlaridan. Lofbozlik, lofchilik, lof (urish) aytish deb ham yuritiladi. Mubolagʻaga asoslanadi, maqsadi — kishilarda kulgi uygʻotish, shuningdek, u yoki bu hodisaga diqqatni jalb etish, tanqidiy munosabat bildirish. L. askiya, qiziqchilik, masharabozlik kabilarga yaqin turadi. Unda tabiat va jamiyat hodisalari boʻrttirib muqoyasa qilish yoʻli bilan aks ettiriladi. L.lar tarafkashlar, baʼzan bir kishi tomonidan ham ijro etilishi mumkin. L.chidan hozirjavoblik, sinchkovlik, oʻtkir zehn, katta tajriba hamda soʻzda chechanlik talab etiladi. L., ayniqsa, oʻzbek xalq dostonlari, ogʻzaki drama, ertak va latifalarda koʻp uchraydi (mas, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" ertagi va boshqalarda). Xalq sayillari, tomosha va yigʻinlarida soʻz ustalari, askiyachilar va h. k. L.ning yangi-yangi shakl va maʼnolarini namoyish qiladilar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil