Lobbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lobbizmdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Lobbi, lobbizm (ing . lobby — kluarlar, xos xonalar) — davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obʼyektiv zarurat taqozosi bilan emas, balki maʼlum bir manfaatlarni koʻzlab, baʼzan mansabdor shaxslarni sotib olish yoʻli bilan qoʻllabquvvatlashga qaratilgan faoliyati. Lobbistlar hokimiyat vakillari qiyofasida oʻz himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni roʻyxatdan oʻtkazishda, raqobatchilarni sindirishda qulay sharoitlar yaratishda koʻmaklashadi. Agrar L. va sanoat L.ga boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil